O’ZBEKISTON HUDUDIDAGI TOSH DAVRI XO‘JALIK FAOLIYATINING IJTIMOIY TUZILMA VA MA’NAVIY QARASHLAR SHAKLLANISHIGA TA’SIRI
Keywords:
tosh davri, xo‘jalik faoliyati, ijtimoiy tuzilma, ibtidoiy to‘da, urug‘jamoasi, matriarxat, patriarxat, ma’naviy qarashlar.Abstract
Tezisda tosh davri xo'jalik faoliyatining O'zbekiston jamoalari ijtimoiy tuzilmasi va ma'naviy qarashlari shakllanishiga ta'siri arxeologik materiallar asosida tahlil qilingan. Maqsad — xo'jalikdagi texnologik o'zgarishlarning jamoa tarkibi, mehnat taqsimoti va e'tiqodiy tasavvurlarga ta'sirini aniqlash hamda bu jarayonning bosqichma-bosqich rivojlanish qonuniyatlarini asoslash.
Tadqiqot natijasida paleolitda ibtidoiy to'da tuzilmasidan ona urug'i jamoasiga o'tish, mezolitda ovchilikning ixtisoslashuvi natijasida mayda oilaviy guruhlarning ajralib chiqishi, neolitda muqim hayot tarzi va kulolchilik orqali etnik-madaniy o'ziga xoslikning shakllanishi, eneolitda esa metallga ishlov berish og'ir mehnatining erkaklar zimmasiga o'tishi bilan matriarxatdan patriarxatga o'tilgani asoslangan. Har bir bosqichdagi xo'jalik o'zgarishi Teshiktosh dafn marosimi va Zarautsoy qoyatosh suratlari kabi misollar orqali diniy-ma'naviy tasavvurlar va tasviriy san'atda ham aks etgani ko'rsatib berilgan.