DAVLAT TA’LIM MUASSASALARIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA ICHKI AUDITNING HUQUQIY ASOSLARI
Keywords:
Davlat ta’lim muassasasi, buxgalteriya hisobi, ichki audit, huquqiy asos, Byudjet kodeksi, moliyaviy nazorat, davlat moliyasi, byudjet mablag‘lari, moliyaviy intizom, shaffoflik, hisobdorlik, ichki nazorat tizimi, normativ-huquqiy hujjatlar.Abstract
Mazkur ishda davlat ta’lim muassasalarida buxgalteriya hisobi va ichki auditning huquqiy asoslari, ularning tashkiliy-uslubiy jihatlari hamda amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, xususan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun, Byudjet kodeksi, “Davlat moliyaviy nazorati to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjatlar hamda Moliya vazirligi va tegishli vazirliklar tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar asos qilib olingan. Shuningdek, davlat ta’lim muassasalarida moliyaviy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlash, byudjet mablag‘larining shaffofligi va hisobdorligini oshirishda ichki audit tizimining o‘rni yoritib berilgan. Buxgalteriya hisobi va ichki auditning o‘zaro bog‘liqligi, ularning moliyaviy intizomni mustahkamlashdagi ahamiyati hamda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishlari ilmiy asosda bayon etilgan.