“AL-ADAB AL-MUFRAD” ASARIDA ILM MAʼRIFAT GʻOYASINING TAVSIFI
Keywords:
Ilm, ma’rifat, hadis, odob, Al-Adab al-Mufrad, Imom Buxoriy.Abstract
Maqolada Imom Buxoriyning “Al-Adab al-Mufrad” asarida ilgari surilgan ilm va ma’rifat g‘oyasi keng yoritilgan. Islomda ilmning o‘rni, Qur’on va hadisdagi ilm fazilati, ilm olishning maqsadi va odobi muhim asos sifatida ko‘rsatiladi. Muallif asarda keltirilgan turli rivoyatlar – sahobalarning ilm talabidagi fidoyiligi, ustoz-shogird munosabati, ilmga amal qilish, uni boshqalarga yetkazish mas’uliyati kabi jihatlar orqali ilmning ma’naviy qiymatini tahlil qiladi. Maqola ilmni faqat ma’lumot emas, balki odob, tarbiya va jamiyatga foyda keltiruvchi ma’rifat sifatida talqin etadi. Shuningdek, ilmni odob bilan egallash, halol niyat, kamtarlik, mas’uliyat, oilaviy va ijtimoiy tarbiyada ilmning o‘rni kabi mavzular zamonaviy hayot bilan bog‘lab izohlanadi. Yakunda, “Al-Adab al-Mufrad” hadislarining bugungi tarbiyaviy muhit uchun ham muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi.