O‘QUVCHILARDA FIZIK BILIM VA KO‘NIKMALARNI BAHOLASH USULLARI VA SHAKLLARI
Keywords:
Fizik bilim, ko‘nikma, kompetensiya, baholash mezoni, formativ baholash, summativ baholash, diagnostik baholash, laboratoriya ishi, reyting tizimi, raqamli baholash, pedagogik monitoring.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada o’quvchilarda fizik bilim va ko’nikmalarni baholashning nazariy- metodik asoslari, didaktik tamoyillari hamda zamonaviy shakllari chuqur tahlil qilinadi. Fizika fanining o’ziga xosligi – nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy tajriba va eksperimental ko’nikmalarning ustuvorligi – baholash jarayoniga kompleks yondashuvni talab etadi. Maqolada an’anaviy baholash usullari (og‘zaki, yozma, test, masala yechish) hamda zamonaviy baholash yondashuvlari (kompetensiyaviy, formatif, summativ, diagnostik) o‘zaro qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, laboratoriya ishlari, tajribalar va virtual laboratoriyalar asosida amaliy ko‘nikmalarni baholash mexanizmlari yoritiladi. Reyting tizimi va mezonli baholashning afzalliklari hamda raqamli ta’lim vositalarining imkoniyatlari ochib beriladi.