TEXNOLOGIK JARYON VA ISHLAB CHIQARISHDA MODDALARNING MIQDORI VA SARFINI ANIQLASHNI TADQIQ QILISH
Keywords:
Texnologik jarayon, ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ishlab chiqarish, moddalar sarfi va miqdoriAbstract
Texnologik jarayonning eng muhim parametrlaridan biri moddaning miqdori va sarfi hisoblanadi. Demak,ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini va samaradorligini oshirish uchun turli moddalar sarfi va miqdorini aniq о‘lchash zarur bо‘ladi.Ishlab chiqarishda sarf о‘lchash tizimlarining qо‘llanishi sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (yonilgʻi suv, gaz, bugʻ) hisobga olish va nazorat qilish bо‘yicha texnik masalalarning hal qilinishini soddalashtiradi.Ishlab chiqarilgan mahsulotni hisobga olish va nazorat qilishda moddalarning sarfi va miqdorini о‘lchash vositalariga yuqori aniqlik yuzasidan qо‘yiladigan talab ham yuqori bо‘ladi. Sarf о‘lchagichlar deb sarf о‘lchash uchun ishlatiladigan asboblarga aytiladi. Modda sarfi deb, moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida о‘tgan miqdoriga aytiladi.