SO‘ZAK KASALLIGISINI DAVOLASHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Keywords:
so‘zak, gonoreya, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar, etiologiya, patogenez, antibiotik terapiya, profilaktika, hamshiralik parvarishi.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada so‘zak (gonoreya) kasalligining etiologiyasi, patogenezi, klinik kechishi, zamonaviy diagnostika usullari, davolash tamoyillari hamda profilaktik choralari batafsil yoritilgan. Shuningdek, kasallikni boshqarishda hamshiralik parvarishining o‘rni va ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilingan. So‘zak jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksion kasallik bo‘lib, asosan siydik-tanosil tizimini zararlaydi. Kasallikning o‘z vaqtida aniqlanmasligi bepushtlik, surunkali yallig‘lanish kasalliklari va boshqa og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Zamonaviy laborator diagnostika usullari va antibiotik terapiya yordamida kasallikni samarali davolash mumkin. Profilaktika choralariga rioya qilish va hamshiralik nazorati infeksiya tarqalishini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.