FIQH FANIDA UCHRAB TURADIGAN KICHIK IXTILOFLAR
Keywords:
Fiqh, faqih, mazhab, hanafiy, xilof, ixtilof, fuqaho.Abstract
Fiqh ilmi oldingi rivojlanishidan to hozirgi kungacha nechta bosqichdan o‘tgan bo‘lsa, albatta mazkur rivojlanish marhalalarida fuqaholar yoki mazhablar kesimida o‘zaro xilof hamda ixtilof o‘rinlari kuzatilgan. Albatta buni taqozo qilgan sabablari va holatlari bor. Aslida fuqaholar o‘rtasida kuzatiladigan ixtiloflar ummat uchun rahmatdir. Chunki ma’lum masalada ixtilof qilingan bo‘lsa, uning yechimi turli va keng yo‘llar orqali sobit bo‘ladi. Masalaning bu hikmatini ilg‘amagan ba’zi sodda musulmonlar mazhablar o‘rtasida kuzatilgan ixtiloflarga yomon nazar bilan qaraydi hamda din dushmanlarining tuzog‘iga ilinib qoladilar. Shu sababli bunday holatlarga chiroyli yechim berib, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish ilmli insonlar zimmasiga yuklanadi. Ushbu maqolada fiqh fanida uchraydigan ayrim ixtilof holatlari haqida so‘z yuritiladi.