HARBIY MASHG‘ULOTLARDA XAVFSIZLIK QOIDALARINI O‘RGATISH METODIKASI
Keywords:
xavfsizlik qoidalari, pedagogik metodika, xavfsiz qaror qabul qilish, interfaol metodlar, simulyatsion mashg‘ulotlar, modellashtirilgan vaziyatlar, xavf-xatarni baholash, xavfsizlik madaniyati, o‘quvchilarda irodaviy va kognitiv kompetensiyalar, muammolarni oldini olish, xavfsizlik texnologiyalari, pedagogik yondashuv, nazorat va monitoring, xavfsizlik amaliyoti.Abstract
Ushbu maqolada harbiy mashg‘ulotlarda xavfsizlik qoidalarini o‘rgatishning metodikasi, uning pedagogik va psixologik asoslari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda xavfsizlik qoidalarini amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga tizimli ravishda o‘rgatishning samarali metodlari, ularning tushuncha va qobiliyat darajasini oshirishga ko‘rsatadigan ta’siri yoritiladi. Shuningdek, xavfsizlik qoidalarini o‘rgatishda interfaol, simulyatsion va modellashtirilgan pedagogik texnologiyalarning roli, o‘quvchilarning xavf-xatarni baholash, xavfsiz qaror qabul qilish va muammolarni oldini olish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy asosda izohlanadi. Maqola harbiy mashg‘ulotlarda xavfsizlikni ta’minlashni pedagogik jarayonning ajralmas qismi sifatida ko‘rib chiqadi va samarali metodik yondashuvlarni aniqlashga qaratilgan.