BOQUVCHISINI YO‘QOTGANLIK PENSIYASINI TAYINLASH SHARTLARI VA HUQUQIY ASOSLARI
Keywords:
boquvchi, pensiya, ijtimoiy ta’minot, nafaqa, yo‘qotganlik, huquqiy asoslar, tayinlash shartlari, mehnatga layoqatsiz a’zolar.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashning huquqiy-me’yoriy asoslari, shartlari va tartibi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Pensiya ta’minoti tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan ushbu pensiya turi oilaning tirikchiligini ta’minlagan shaxsni yo‘qotib qo‘ygan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilganligi sababli, uni tayinlash shartlarini to‘liq va aniq belgilash alohida ahamiyat kasb etadi. Maqolada pensiya ta’minotiga oid amaldagi qonunchilik normalari, xalqaro tajriba va sud-huquq amaliyoti taqqosiy usulda o‘rganiladi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash mexanizmida bir qator muammolar va huquqiy bo‘shliqlar mavjud bo‘lib, ular mazkur nafaqa turidan foydalanuvchi fuqarolar manfaatlarini to‘liq ta’minlamaslikka olib keladi. Maqolada ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ilgari suriladi hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.