AQLLI MATO (SMART TEXTILE) TEXNOLOGIYALARI: SO‘NGGI YUTUQLAR VA MUAMMOLAR
Keywords:
aqlli matolar; to‘qimachilik; qo‘llanilish sohalari., умные ткани; текстиль; области применения., smart textiles; textiles; applications.Abstract
To‘qimachilik mahsulotlari qadim zamonlardan beri inson hayotida, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy munosabatlarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Hozirgi kunda esa aqlli matoga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortib bormoqda. Muayyan funksiyalarni bajarishga mo‘ljallangan yuqori sifatli va yuqori samaradorlikka ega aqlli matolar tobora ommalashib bormoqda. Masalan, haroratni tartibga soluvchi va mushak tebranishlarini nazorat qiluvchi (kosmik kostyumlar kabi) kiyimlar keng qo‘llanilmoqda. Ularning qo‘llanish sohasi oddiy kundalik kiyimlardan tashqari tibbiyot va sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, harbiy va aerokosmik sohalargacha kengayib bormoqda. Ushbu maqola aqlli matolar sohasidagi so‘nggi yutuqlar va muammolarni yoritishga qaratilgan. Aqlli matolar asosida yaratilgan mahsulotlarning imkoniyatlari nihoyatda keng bo‘lib, ular tibbiy qurilmalar, moda, ko‘ngilochar soha va mudofaa tizimlarida qo‘llanilishi mumkin. Bunda foydalanuvchilar uchun qulaylik muhim omil hisoblanadi. Aqlli matolarni ishlab chiqish ko‘p tarmoqli yondashuvni talab qiladi, ya’ni aqlli matolar, mikroelektronika va kimyo sohalari bilimlari to‘qimachilik ishlab chiqarish jarayonlari bilan uyg‘un holda qo‘llanilishi zarur.
Текстильные изделия с древних времён широко используются в жизни человека как в экономических, так и в социальных отношениях. В настоящее время потребность в интеллектуальных материалах значительно возрастает. Умные ткани высокого качества и высокой эффективности, предназначенные для выполнения определённых функций, становятся всё более популярными. Например, широко применяются изделия (такие как космические костюмы), способные регулировать температуру и контролировать мышечные вибрации. Область их применения выходит за рамки повседневной одежды и охватывает медицину и здравоохранение, экологию и охрану окружающей среды, а также военную и аэрокосмическую сферы. Данная статья направлена на освещение последних достижений и проблем в области умных тканей. Возможности продукции на основе умных тканей чрезвычайно широки и охватывают медицинские устройства, моду, индустрию развлечений и оборону. При этом важным фактором является комфорт для пользователя. Разработка умных тканей требует междисциплинарного подхода, объединяющего знания в области интеллектуальных материалов, микроэлектроники и химии с глубоким пониманием текстильного производства.
Textile products have been widely used in human life since ancient times, both in economic and social relations. Nowadays, the demand for intelligent materials is rapidly increasing. High-quality and high-performance smart textiles designed to perform specific functions are becoming increasingly popular. For example, garments capable of regulating temperature and controlling muscle vibrations (such as spacesuits) are widely used. Their applications extend beyond everyday clothing to fields such as medicine and healthcare, ecology and environmental protection, as well as military and aerospace industries. This article aims to highlight recent advances and challenges in the field of smart textiles. The potential of products based on smart textiles is immense, covering medical devices, fashion, entertainment, and defense sectors. User comfort remains a key factor for acceptance. The development of smart textiles requires a multidisciplinary approach, integrating knowledge of intelligent materials, microelectronics, and chemistry with a deep understanding of textile production processes