HUDUDIY SANOAT TARKIBIDAGI O‘ZGARISHLARNING IQTISODIY MAZMUNI VA BARQAROR RIVOJLANISHGA TA’SIRI

Authors

  • Srajidinova Nodira Shavkatovna Srajidinova Nodira Shavkatovna Author

Abstract

O‘zbekiston misolida sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilish va raqobatbardoshlik bilan bog‘liq statistik tahlil sanoatning YAIMdagi ulushi va hududiy tafovutlar O‘zbekiston iqtisodiyotida sanoat sektori real sektorning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda sanoatning YAIMdagi ulushi 28,2%ni tashkil etgan[1]. Mazkur ko‘rsatkich sanoatning iqtisodiy o‘sishdagi barqaror rolini tasdiqlaydi. Hududlar kesimida sanoatning ulushi keskin farqlanadi. Jumladan, Navoiy viloyatida sanoatning hududiy YAIMdagi ulushi 74,4%, Toshkent viloyatida 50% dan ortiq, holbuki Surxondaryo viloyatida 8,3%ni tashkil etgan[2]. Bu holat sanoat ishlab chiqarishining ayrim hududlarda yuqori konsentratsiyalashganini ko‘rsatadi. Mazkur tafovutlar hududiy diversifikatsiya mexanizmlarini takomillashtirish zarurligini asoslaydi, chunki sanoatning notekis joylashuvi hududlararo iqtisodiy nomutanosiblikni kuchaytirishi mumkin.


[1] O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. YAIM tarkibida sanoatning ulushi, 2023-yil.

[2] Stat.uz

Author Biography

  • Srajidinova Nodira Shavkatovna, Srajidinova Nodira Shavkatovna

    Qarshi davlat universiteti

    Mustaqil tadqiqotchisi

References

Downloads

Published

2026-06-02