TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKLARINI BAHOLASHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
tijorat banklari, kredit riski, sun’iy intellekt, mashinaviy o‘qitish, neyron tarmoqlar, raqamli skoring tizimi, kredit portfeli, risklarni boshqarish, kredit qobiliyati, avtomatlashtirilgan kreditlash, Big Data, fintex texnologiyalari.Abstract
Mazkur tezisda tijorat banklarida kredit risklarini baholash jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari tadqiq etilgan bo’lib, kredit risklarini aniqlash, baholash va prognozlashda sun’iy intellektga asoslangan algoritmlarning afzalliklari, xususan, qarz oluvchilarning to‘lov qobiliyatini aniqroq baholash, muammoli kreditlar ulushini kamaytirish hamda kredit portfeli sifatini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, mashinaviy o‘qitish, neyron tarmoqlar va raqamli skoring tizimlarining kredit qarorlarini qabul qilishdagi o‘rni yoritilib, tijorat banklarida risklarni boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari bank faoliyatining barqarorligini ta’minlash, kreditlash jarayonlarini avtomatlashtirish va moliyaviy xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.