INGLIZ VA O'ZBEK SHE'RIYATIDA METAFORALARNING QIYOSIY-KOGNITIV TAHLILI

Authors

  • Xudaykulova Mubinaxon Rovshanbek qizi Xudaykulova Mubinaxon Rovshanbek qizi Author
  • Atadjanova N.N. Atadjanova N.N. Author

Keywords:

metafora, kognitiv tilshunoslik, lingvopoetika, ingliz she'riyati, o'zbek she'riyati, kontseptual metafora, qiyosiy tahlil, madaniy kod, manba-soha, nishon-soha.

Abstract

Mazkur maqolada ingliz va o'zbek she'riyatidagi metaforik birliklar kognitiv-lingvistik va lingvopoetik yondashuvlar asosida qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot G. Lakoff va M. Jonson (1980) tomonidan ishlab chiqilgan kontseptual metafora nazariyasi va G. Steen (2010) ning MIP metodologiyasi asosida olib borilgan. Ingliz va o'zbek she'riyatidan jami 150 ta metaforik birlik tanlanib tahlil qilingan. Natijalar ko'rsatdiki, tabiat, vaqt va his-tuyg'ular bilan bog'liq metaforik modellar ikkala she'riy an'anada ham uchraydi, biroq ularning badiiy ifodalanishi va madaniy zamini jihatidan muhim farqlar mavjud. O'zbek she'riyatida tasavvufiy va milliy obrazlar (gul, oy, quyosh) asosiy metaforik model sifatida faoliyat yuritsa, ingliz she'riyatida esa falsafiy va individualistik metaforalar (dengiz, vaqt, yorug'lik) ustuvorlik qiladi.

Author Biographies

  • Xudaykulova Mubinaxon Rovshanbek qizi, Xudaykulova Mubinaxon Rovshanbek qizi

    Qo'qon davlat universiteti, 70110901-Xorijiy til va adabiyoti

    (ingliz tili) mutaxassisligi magistranti

  • Atadjanova N.N., Atadjanova N.N.

    Ilmiy rahbar: f.f.n., dotsent

References

Downloads

Published

2026-06-10