YIRINGLI-YALLIG‘LANISH KASALLIKLARIDA DALILLARGA ASOSLANGAN HAMSHIRALIK PARVARISHI VA INFEKSIYA NAZORATI STRATEGIYALARI
Keywords:
yiringli-yallig‘lanish kasalliklari, hamshiralik parvarishi, dalillarga asoslangan tibbiyot, infeksiya nazorati, aseptika, antiseptika, yara parvarishi, antibiotikoterapiya, kasalxona infeksiyalari.Abstract
Yiringli - yallig‘lanish kasalliklari zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, ular kasallanish, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarining oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu kasalliklarni davolashda hamshiralik parvarishi muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarining amaliyotga joriy etilishi hamshiralik faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Mazkur maqolada yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida dalillarga asoslangan hamshiralik parvarishi, yara monitoringi, aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish, antibiotikoterapiya jarayonida hamshiraning roli hamda infeksiya nazoratining zamonaviy strategiyalari yoritilgan. Shuningdek, kasalxona ichki infeksiyalarining oldini olish, qo‘l gigiyenasi, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va bemorlarni o‘qitish masalalari tahlil qilingan.