SOYA NAV NAMUNALARI ASOSIDA YUQORI HOSILDOR “ARLETA” VA “SELEKTA-201” NAVLARINING AGROBIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA HOSILDORLIGINI TAQQOSIY BAHOLASH
Keywords:
soya, nav, Arleta, Selekta-201, hosildorlik, dukkak, urug‘, biomassa, seleksiya., соя, сорт, урожайность, Арлета, Селекта-201, семена., soybean, variety, yield, Arleta, Selekta-201, productivity, seed weight.Abstract
Mazkur maqolada soya (Glycine max L.) ning Arleta va Selekta-201 navlarining o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida o‘simlik bo‘yi, dukkaklar soni, 1000 dona urug‘ vazni, biologik va xo‘jalik hosildorligi ko‘rsatkichlari baholandi. Natijalarga ko‘ra, Arleta navida o‘simlik bo‘yi va dukkaklar soni yuqori bo‘lsa, Selekta-201 navida urug‘larning yirikligi hamda don hosildorligi ustunligi kuzatildi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston sharoitida istiqbolli soya navlarini tanlashda muhim ahamiyatga ega.
В статье изучены биологические особенности и урожайность сортов сои Арлета и Селекта-201. Оценены высота растений, количество бобов, масса 1000 семян и урожайность. Результаты показали перспективность данных сортов для возделывания в условиях Узбекистана.
The article presents the results of comparative studies on soybean varieties Arleta and Selekta-201. Plant height, number of pods, 1000-seed weight, and grain yield were evaluated. The results demonstrated high productivity and adaptability of both varieties under Uzbekistan conditions.