UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI VA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
Keywords:
informatika, interfaol metodlar, raqamli savodxonlik, loyihaviy ta’lim (PBL), aralash ta’lim, geymifikatsiya, kognitiv aktivlik, algoritmik fikrlash, Scratch, Python.Abstract
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda zamonaviy interfaol metodlar hamda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning dars samaradorligini oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘quvchilarning algoritmik fikrlash, dasturlash ko‘nikmalari va raqamli savodxonligini shakllantirishda “Keys-stadi”, “Flipped classroom” (Aralash ta’lim), loyihaviy ta’lim (PBL) va geymifikatsiya (o‘yinli texnologiyalar) metodlarining afzalliklari statistik tahlillar va empirik o‘rganishlar asosida ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, informatika darslarida an’anaviy va interfaol yondashuvlarning qiyosiy samaradorligi hamda o‘quvchilarning fanga bo‘lgan ichki motivatsiyasini oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar tizimi yoritilgan.