INKLYUZIV TAʼLIM SHAROITIDA TARBIYACHINING TAYYORGARLIGI VA UNING MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA PEDAGOGIK TA’SIRI
Keywords:
inklyuziv ta’lim, maktabgacha yosh, tarbiyachi kompetentligi, pedagogik ta’sir, kasbiy tayyorgarlik, ijtimoiy adaptatsiya, divergent yondashuv, tolerantlik, korreksion pedagogika.Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (MTT) inklyuziv ta’lim muhitini samarali tashkil etishda tarbiyachilarning kasbiy, uslubiy va psixologik tayyorgarlik darajasi hamda uning alohida ta’limiy ehtiyojlari bo‘lgan bolalar rivojlanishiga ko‘rsatadigan tizimli pedagogik ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada inklyuziv kompetentlikning tarkibiy qismlari, bolalarning ijtimoiy-psixologik adaptatsiyasi, sog‘lom va imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasidagi tolerantlik munosabatlarini shakllantirish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot doirasida tarbiyachilarning inklyuziv pedagogik mahoratini oshirish, dars ssenariylarini individual moslashtirish va ta’lim samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan amaliy-metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilgan.