BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA “SOFT SKILLS” KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK NAZARIY ASOSLARI
Keywords:
boshlang‘ich sinf, soft skills, moslashuvchan ko‘nikmalar, pedagogik nazariya, kompetensiyaviy yondashuv, tanqidiy fikrlash, ijtimoiy-emotsional intellekt, STEAM ta’lim, 4K modeli, kommunikatsiya.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimining muhim talablaridan biri bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida “soft skills” (moslashuvchan ko‘nikmalar) kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik, psixologik va nazariy asoslari tadqiq etilgan. Maqolada xalqaro ta’lim tajribalari, 4K modeli, ijtimoiy-emotsional intellekt nazariyalari hamda kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘ziga xos psixofiziologik xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, tizimli ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kommunikativlik, jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash va muammolarni mustaqil hal etish kabi moslashuvchan ko‘nikmalarini STEAM yondashuvi va loyihaviy ta’lim texnologiyalari orqali shakllantirishning pedagogik mexanizmlari yaxlit shaklda yoritib berilgan.