STRATEGIK DENGIZ BO‘G‘OZLARIDAGI GEOSIYOSIY RISKLARNING GLOBAL MOLIYA BOZORLARIGA TA’SIRI
Keywords:
geosiyosiy risk, strategik dengiz bo‘g‘ozlari, moliya bozorlari, neft narxlari, VIX volatillik indeksi, investorlar xatti-harakati, dengiz xavfsizligi, moliyaviy barqarorlik, ta’minot zanjiri.Abstract
Mazkur maqolada 2022–2026-yillarda strategik dengiz bo‘g‘ozlarida yuzaga kelgan geosiyosiy risklarning global moliya bozorlariga ta’siri tahlil qilinadi. Maqola tahlilida Hormuz, Malakka, Bosfor va Bob al-Mandab bo‘g‘ozlarini qamrab olib, 2023–2025-yillardagi Qizil dengiz inqirozi hamda 2026-yildagi Hormuz bo‘g‘ozi bilan bog‘liq keskinliklarning iqtisodiy oqibatlarini o‘rganadi. Brent neft narxi, S&P 500, MSCI World, VIX indeksi va xalqaro tashkilotlar statistikasi asosida geosiyosiy xavflarning narxlar, bozor volatilligi va investorlar xatti-harakatiga ta’siri baholangan.
Natijalar strategik bo‘g‘ozlardagi beqarorlik energiya narxlari, savdo uzilishlari, investorlar ishonchi va moliyaviy contagion kanallari orqali global moliya tizimiga ta’sir qilishini ko‘rsatadi. 2026-yildagi Hormuz inqirozi Brent narxining taxminan 55% ga oshishiga sabab bo‘lib, zamonaviy neft bozori tarixidagi yirik ta’minot shoklaridan biri sifatida baholanadi. Tadqiqot yakunida moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va geosiyosiy risklarni kamaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.