O‘ZBEK TILI NUTQ MADANIYATIDA MILLIY XUSUSIYATLARNING IFODALANISHI
Keywords:
nutq madaniyati, lingvokultorologiya, etnopragmatika, nutq odobi, murojaat strategiyalari, milliy mentalitet, diskurs, paralingvistika, evfemizm.Abstract
ushbu maqolada magistrlik mavzuyim bo‘yicha olib borayotgan tadqiqotimizda amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarimiz hamda mavzu doirasida aniqlangan muammoli holatlar va bu muammoli holatlarni bizgacha o‘rgangan olimlarning ishlaridan keltirilgan tahlillar va bir qancha yechimlar borasida so‘z yuritilgan. O‘zbek tili nutq madaniyatida milliy-madaniy xususiyatlarning namoyon bo‘lish qonuniyatlari, xalq mentaliteti, etnik qadriyatlar hamda dunyoqarashining til birliklarida aks etishi, har bir tilning o‘ziga xos milliy madaniyatining munosabat asosida tahlil qilinadi. Maqolada milliy nutq odobi, verbal va noverbal vositalar, xilma xil murojaat shakllari hamda evfemik ko‘chma ma’nolarining o‘zbek muomala madaniyatidagi o‘rni ilmiy asoslab berilgan. Shuningdek, globallashuv davrida milliy nutqiy o‘zlikni saqlash muammolari yoritilgan.