BIMETALL ZIF OILASI METALLORGANIK KARKASLARINING SINTEZI VA ULARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI TADQIQI
Keywords:
metallorganik karkasli tuzilmalar (MOF), zeolitli imidazolat karkaslar (ZIF), bimetall Zn/Co-ZIFtizimlar, gibrid membranalar, solvotermik koordinatsion sintez, rentgen faza tahlili (XRD), monodispers kolloid tizimlar, gazlarni selektiv ajratish, gibrid matritsali membranalar.Abstract
Soʻnggi yillarda metallorganik karkaslar (MOF), xususan, zeolitli imidazolat karkaslar (ZIF) oʻzining yuqori sirt yuzasi va gʻovakliligi tufayli membranalar kimyosida katta qiziqish uygʻotmoqda. Ushbu ish materiallarning strukturaviy va ajratish xossalarini yaxshilash uchun bimetall ZIF karkaslarini (masalan, Zn/Co-ZIF) sintez qilish va tavsiflashga qaratilgan. Sintez oʻtish metallarining molyar nisbatlarini oʻzgartirish orqali, xona haroratida boshqariladigan solvotermik usulda amalga oshiriladi. Olingan bimetall karkaslarning kristall tuzilishi, morfologiyasi va tekstura xususiyatlarini rentgen difraksiyasi (XRD), skanerlovchi elektron mikroskopiya (SEM) va IK-fur'ye spektroskopiyasi (FTIR) yordamida tizimli ravishda oʻrganish rejalashtirilgan. Ikkinchi metallning kiritilishi karkasning asosiy panjarasini buzmagan holda uning barqarorligi va gʻovak tuzilishini optimallashtirishi kutilmoqda. Sintez qilingan bimetall ZIFlar kelajakda gazlarni ajratish jarayonlarida yuqori selektivlikka ega boʻlgan zamonaviy membranalar olishda samarali nanotoʻldiruvchi boʻlib xizmat qilishi prognoz qilinmoqda.