KUZGI BUG‘DOY KOLLEKSIYA KO‘CHATZORIDA MAHALLIY VA XORIJIY NAMUNALARNING 1000 DONA DON VAZNINI BAHOLASH
Keywords:
kuzgi bug‘doy, kolleksiya ko‘chatzori, seleksiya, genotip, 1000 dona don vazni, don sifati, boshlang‘ich material.Abstract
Mazkur tadqiqotda kuzgi bug‘doyning kolleksiya ko‘chatzorida o‘stirilgan 22 ta mahalliy va xorijiy nav hamda seleksion namunalarning 1000 dona don vazni o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi seleksiya jarayonida yuqori don yirikligiga ega bo‘lgan istiqbolli genotiplarni aniqlashdan iborat bo‘ldi. Tahlillar natijasida namunalarda 1000 dona don vazni 39,3–42,7 g oralig‘ida o‘zgarishi aniqlandi. Eng yuqori ko‘rsatkich KN-5224 (42,7 g) namunasida qayd etildi. Shuningdek, WEE/PLN/2IVI, POP-SAZ-13 va M33IBWSN-100 namunalari ham yuqori don vazniga ega ekanligi kuzatildi. Eng past ko‘rsatkich M33IBWSN-104 namunasida (39,3 g) aniqlandi. Tadqiqot natijalari yuqori don vazniga ega bo‘lgan namunalarni yangi yuqori hosildor va sifatli kuzgi bug‘doy navlarini yaratishda boshlang‘ich seleksion material sifatida qo‘llash imkoniyatini ko‘rsatdi.