MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY PUBLITSISTIK MEROSIDA TANQID VA JAMIYAT UYG‘ONISHI G‘OYALARI
Keywords:
Mahmudxo‘ja Behbudiy, jadidchilik, publitsistika, tanqid, milliy uyg‘onish, matbuot, ma’rifatparvarlik.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek ma’rifatchilik va jadidchilik harakatining yetuk namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiyning publitsistik merosi, xususan, “Tanqid – saralamoqdur” maqolasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda Behbudiyning tanqid haqidagi qarashlari, uning ijtimoiy islohotlardagi o‘rni hamda publitsistik uslubining o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Muallif tanqidni jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida talqin etgani, uni shaxsiy hujumdan farqlab, konstruktiv islohot vositasi darajasiga ko‘targani ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, Behbudiyning publitsistik g‘oyalari bugungi zamonaviy jurnalistika va ma’rifiy hayot uchun ham dolzarb ekani asoslanadi.
References
Downloads
Published
2026-01-07
Issue
Section
Articles