UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA FIZIK FANIDAN JIGSAW (ARALASH EKSPERTLAR) METODINI QO’LLASH
Keywords:
fizika ta’limi, hamkorlikda o‘qitish, Jigsaw metodi, aralash ekspertlar metodi, pedagogik texnologiya, interaktiv metod, umumiy o‘rta ta’lim, kompetensiya.Abstract
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikani hamkorlikda o‘qitish texnologiyasini samarali tashkil etish metodikasi yoritilgan. Ayniqsa, hamkorlikda o‘qitishning eng samarali shakllaridan biri bo‘lgan Jigsaw metodining fizikani o‘qitish jarayoniga tatbiq etish mexanizmi ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan asoslab berilgan. Tadqiqotda hamkorlikda o‘qitishning nazariy asoslari, uning didaktik tamoyillari, darsni tashkil etish bosqichlari, baholash mezonlari hamda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, hamkorlikka asoslangan metodlar fizikani o‘zlashtirish darajasini oshiradi, o‘quvchilarda tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi hamda dars jarayonida faol ishtirokni ta’minlaydi.