INNOVATSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHNING MINTAQAVIY IMKONIYATLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Sattorov Shohruh Sattorov Shohruh Author

Abstract

Resurs yondashuviga ko‘ra, investitsiyalar ishlab chiqarish vositalarini yangilash va asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishga yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘lar bilan cheklanib qolmay, balki moddiy, moliyaviy va intellektual resurslarni muayyan strategik maqsadlarga yo‘naltirish va safarbar etish jarayonini ifodalaydi. Ushbu yondashuv doirasida iqtisodiy resurslar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol jarayonlarida jamiyatning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi asosiy omillar sifatida talqin etiladi. Shu nuqtai nazardan, investitsiya faoliyati zarur investitsiya resurslarini aniqlash, ularni safarbar qilish va iqtisodiy muomalaga samarali jalb etishga qaratilgan maqsadli boshqaruv jarayoni sifatida izohlanadi.

Author Biography

  • Sattorov Shohruh, Sattorov Shohruh

    Qarshi davlat universiteti

    Mustaqil tadqiqotchisi

References

Downloads

Published

2026-04-13