TRANSMILLIY KOMPANIYALAR GLOBAL IQTISODIY INTEGRATSIYANING SAMARALI MODELI: O’ZBEKISTON UCHUN SABOQLAR

Authors

  • Karimov Jahongir Yusuf oʻgʻli Karimov Jahongir Yusuf oʻgʻli Author

Keywords:

Transmilliy kompaniyalar, global iqtisodiy integratsiya, chet el investitsiyalari, xalqaro kooperatsiya, global qiymat zanjiri, innovatsion rivojlanish, iqtisodiy modernizatsiya, O‘zbekiston iqtisodiyoti, erkin iqtisodiy zonalar, texnologiya transferi, investitsiya muhitini yaxshilash, xalqaro biznes modeli, iqtisodiy raqobatbardoshlik.

Abstract

Mazkur maqolada transmilliy kompaniyalar (TMK) global iqtisodiy integratsiyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida tahlil qilinadi. Jahon bozorlarining chuqurlashib borayotgan globallashuvi sharoitida TMKlar kapital, texnologiya, innovatsiya va boshqaruv tajribasining xalqaro miqyosda erkin harakatlanishini taminlab, mamlakatlar rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda TMKlarning iqtisodiy integratsiya jarayonlariga ta’siri, investitsion oqimlarni shakllantirishdagi funksiyalari, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va qiymat zanjirlarini yaratishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, rivojlanayotgan davlatlar, xususan, O‘zbekiston uchun transmilliy kompaniyalar bilan hamkorlikning afzalliklari va xavf-xatarlariga e’tibor qaratiladi. O‘zbekistonning Investitsiya siyosati, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar TMKlarni jalb qilish samaradorligini oshiruvchi omil sifatida baholanadi. Maqola yakunida O‘zbekiston uchun amaliy tavsiyalar, ya’ni TMKlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, innovatsion texnologiyalarni transfer qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha xulosalar berilgan.

Author Biography

  • Karimov Jahongir Yusuf oʻgʻli, Karimov Jahongir Yusuf oʻgʻli

    Xalqaro Nordik universiteti

    “Iqtisodiyot va pedagogika” fakulteti

    “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi

    Xalqaro menejment fanidan

    1-JI-24

References

Downloads

Published

2025-12-15