YUZNING O‘RTA SOHASI INTRAOPERATSION NUQSONLARINI TIKLASHDA ISHLATILADIGAN XIRURGIK TIKUV MATERIALLARINI TANLASH
Keywords:
yuzning o‘rta sohasi, intraoperatsion nuqson, xirurgik tikuv materiallari, rekonstruktiv jarrohlik, absorbsiya qilinuvchi tikuv, monofilament, polifilament, estetik natija.Abstract
Yuzning o‘rta sohasi anatomik va funksional jihatdan murakkab hudud bo‘lib, ushbu mintaqada yuzaga keladigan intraoperatsion nuqsonlarni tiklash rekonstruktiv va estetik jarrohlikning dolzarb muammolaridan biridir. Jarrohlik amaliyotida qo‘llaniladigan tikuv materiallarini to‘g‘ri tanlash yara bitish jarayoni, mikrotsirkulyatsiya, infeksion asoratlar xavfi hamda estetik natijaga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur maqolada yuzning o‘rta sohasi intraoperatsion nuqsonlarini tiklashda ishlatiladigan zamonaviy xirurgik tikuv materiallarining fizik-kimyoviy, biologik va klinik xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, absorbsiya qilinuvchi va qilinmaydigan tikuv materiallarining afzalliklari, kamchiliklari hamda turli klinik holatlarda qo‘llash mezonlari ilmiy asosda yoritiladi.