YUZNING O‘RTA QISMI INTRAOPERATSION NUQSONLARINI TIKLASHDA DEFEKT HAJMINI BAHOLASH MEZONLARINI O‘RGANISH
Keywords:
yuzning o‘rta qismi, intraoperatsion nuqson, defekt hajmi, maxillofatsial rekonstruksiya, Brown klassifikatsiyasi, 3D diagnostika, mikrojarrohlik, rekonstruktiv jarrohlik.Abstract
Yuzning o‘rta qismi inson yuz skeleti va yumshoq to‘qimalarining eng murakkab anatomik hududlaridan biri hisoblanadi. Ushbu mintaqada o‘tkaziladigan onkologik, travmatologik va rekonstruktiv operatsiyalar natijasida hosil bo‘ladigan intraoperatsion nuqsonlarni samarali tiklash uchun defekt hajmini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyat kasb etadi. Defektning hajmi, chuqurligi, anatomik chegaralari, suyak va yumshoq to‘qimalarning zararlanish darajasi rekonstruktiv usulni tanlashda asosiy mezon hisoblanadi. Mazkur maqolada yuzning o‘rta qismi intraoperatsion nuqsonlarini baholashning zamonaviy mezonlari, klassifikatsion tizimlari, uch o‘lchamli diagnostika usullari hamda rekonstruktiv rejalashtirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.
References
Downloads
Published
2026-05-14
Issue
Section
Articles