NOORGANIK KIMYO FANINI AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR INTEGRATSIYASI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI
Keywords:
Noorganik kimyo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, pedagogik texnologiya, innovatsion ta’lim, interaktiv dars, elektron resurslar, virtual laboratoriya, zamonaviy ta’lim.Abstract
Noorganik kimyo fani hozirgi davrda zamonaviy ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari integratsiyasi jarayonida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Fan va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy talablar va zamon talablari asosida o‘quv jarayonini tubdan takomillashtirish, yuksak malakali kimyogar kadrlarni tayyorlash muhim vazifalardan biridir. Noorganik kimyodan dars berishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish fan mazmunini oson, aniq va tez o‘zlashtirishga yordam beradi. Pedagogik texnologiyalarning asosiy vazifasi dars sifatini oshirish, o‘quv materialini o‘quvchilarga soddalashtirib yetkazib berish, mustahkamlash, olingan bilimlarni chuqurlashtirish hamda natijadorlikni ta’minlashdan iborat.