O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ZAMONAVIY BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Ergasheva Aziza G‘olib qizi Ergasheva Aziza G‘olib qizi Author

Keywords:

bank tizimi, zamonaviy bank xizmatlari, raqamli iqtisodiyot, Open Banking, fintech, mobil banking, internet banking, elektron to‘lov tizimlari, raqamli transformatsiya, moliyaviy inklyuziya, kiberxavfsizlik, innovatsion texnologiyalar.

Abstract

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy bank xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari, bank tizimini raqamlashtirish jarayonlari hamda ochiq banking (Open Banking) konsepsiyasining amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda mobil banking, internet banking, elektron to‘lov tizimlari va fintech texnologiyalarining bank xizmatlari samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, raqamli bank xizmatlarini joriy etish orqali moliyaviy xizmatlarning tezkorligi, qulayligi va shaffofligini oshirish, mijozlarga yo‘naltirilgan yangi xizmat turlarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Open Banking tizimi banklar va fintech kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda raqobat muhitini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishning rivojlanishi O‘zbekistonda moliyaviy inklyuziyani kengaytirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va raqamli iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

References

Downloads

Published

2026-05-16