UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA “YARIM O‘TKAZGICHLARDA ELEKTR TOKI” MAVZUSINI ZAMONAVIY METODIK YONDASHUVLAR ASOSIDA O‘QITISH
Abstract
Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, mantiqiy fikrlash, tajribaviy kuzatish, muammoni tahlil qilish va olingan bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Fizika fani o‘quvchilarga tabiat hodisalarining mohiyatini anglash, texnika va texnologiyalarning ishlash prinsiplarini tushunish hamda zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot asoslarini idrok etish imkonini beradi. “Yarim o‘tkazgichlarda elektr toki” mavzusi fizika fanining muhim bo‘limlaridan biri bo‘lib, u zamonaviy elektronika, mikroelektronika, axborot texnologiyalari, quyosh energetikasi va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari bilan bevosita bog‘liqdir.