MOSHNING (VIGNA RADIATA) FOYDALI XUSUSIYATLARI
Abstract
Phaseolus aureus piper va ohirgi klassifikatsiya bo’yicha Vigna radiata (L.) Vilszek) Fabaceae oilasiga mansub bo’lib, yashil don sifatida tanilgan (Patel va boshqalar, 2014)[9]. Mosh qadimgi ekin bo’lib, Pokiston milliy taomnomasida oqsil va kraxmalning muhim manfai bo`lgani uchun donli ozuqa sifatida istemol qilinadi, shu bilan birgalikda chorva mollari uchun pichan sifatida faydalaniladi (GOP, 2019)[4]. Markaziy Osiyo va Kavkaz orti Respublikalarida mosh o’simligi oziq –ovqat sanoatida keng foydalaniladi, shuningdek Turkiston va Ozarbayjon mamlakatlarining sug’oriladigan zonalarida qisman o’stirib kelinadi. Respublikamizda yaqin yillargacha mosh maydonlari faqat dehqonlarning tomorqa xo’jaliklarida ekilib kelingan. 1989- yildan boshlab rejali ravishda takroriy ekin sifatida ekilmoqda (S.Tursunov, 2019)