DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Keywords:
soliq ma’murchiligi, raqamlashtirish, davlat soliq xizmati, elektron xizmatlar, Big Data, sun’iy intellekt, soliq nazorati, soliq xavfini boshqarish.Abstract
Ushbu tezisda davlat soliq xizmati organlari faoliyatini raqamlashtirishning nazariy asoslari, O‘zbekistonda soliq ma’murchiligini modernizatsiya qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda soliq tizimini yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Soliq ma’murchiligiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, soliq nazoratining samaradorligini kuchaytirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va davlat byudjeti daromadlarining barqarorligini ta’minlash imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data) texnologiyalari hamda xavflarni tahlil qilish tizimlari asosida soliq ma’murchiligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.