KOMPYUTER GRAFIKASI VA DIZAYN OPERATORLARINI TAYYORLASHDA AXBOROT XAVFSIZLIGI KOMPETENSIYALARINI INTEGRATSIYALASH METODIKASI

Authors

  • Samiyev Yashnarbek Sarvar o‘g‘li Samiyev Yashnarbek Sarvar o‘g‘li Author
  • Tojiyev Mirolim Baratovich Tojiyev Mirolim Baratovich Author
  • Ramazonov Nuraziz Ravshan o‘g‘li Ramazonov Nuraziz Ravshan o‘g‘li Author

Keywords:

kompyuter grafikasi, dizayn operatori, axborot xavfsizligi, raqamli kompetensiya, integratsiyalashgan modul, professional taʼlim, kiberxavfsizlik, metamaʼlumotlar, mualliflik huquqi.

Abstract

Mazkur maqolada oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida “Kompyuter grafikasi va dizayn operatori” yoʻnalishi talabalarini tayyorlash jarayoniga axborot xavfsizligi kompetensiyalarini integratsiyalash metodikasi yoritilgan. Tadqiqot doirasida grafik dizayn faoliyatiga xos boʻlgan axborot xavfsizligi tahdidlari tasniflangan, 48 soatlik integratsiyalashgan oʻquv moduli ishlab chiqilgan hamda Toshkent shahridagi texnikumda pedagogik tajriba-sinov oʻtkazilgan. Tajriba va nazorat guruhlari natijalarini qiyosiy tahlil qilish asosida integratsiyalashgan modulning samaradorligi asoslangan: tajriba guruhida talabalarning axborot xavfsizligi boʻyicha kompetensiya darajasi 24,4 foiz punktga, nazorat guruhida esa 7,6 foiz punktga oshgan.

Author Biographies

  • Samiyev Yashnarbek Sarvar o‘g‘li, Samiyev Yashnarbek Sarvar o‘g‘li

    Magistr, Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oʻzbekiston

  • Tojiyev Mirolim Baratovich, Tojiyev Mirolim Baratovich

    Bakalavr, Axborot xavfsizligi

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi

    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Oʻzbekiston

  • Ramazonov Nuraziz Ravshan o‘g‘li, Ramazonov Nuraziz Ravshan o‘g‘li

    Bakalavr, Axborot kommunikatsiya texnalogiyalarida kasbi talim

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi

    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand fililali, Oʻzbekiston

References

Downloads

Published

2026-06-13