MATOLARGA ISHLOV BERISHDAGI DOZATORNING DINAMIKASI TAHLILI

Authors

  • Ibragimov Begovot Sheraliyevich Ibragimov Begovot Sheraliyevich Author

Abstract

Maqolada matolarga ishlov berishda dozalash jarayonini konsentratsiyani rostlash nuqtai nazaridan qarab chiqilgan.  To‘qimachilik sanoatida avtomatlashtirishning asosiy iqtisodiy vazifalari quyidagilardan iborat: to‘ldirish va xizmat ko‘rsatish mashinalarini avtomatlashtirish, mehnat unumdorligini maksimal darajada oshirish uchun xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni tashish; uskunalar unumdorligini oshirish; nuqsonlarni maksimal darajada kamaytirish va mahsulot sifatini yaxshilash parametrlarini avtomatik nazorat va rostlashdan foydalangan holda texnologik jarayonning barqarorligini ta’minlash. Matolarga ishlov berishda yuqoridagi vazifalar kimyoviy materiallar, bug‘ va suv sarfini maksimal darajada kamaytirish, kimyoviy stansiyalarda eritmalar tayyorlashni avtomatlashtirish, ko‘p bog‘liq parametrlarga ega jarayonlarni nazorat qilish va optimal rostlash bilan to‘ldiriladi.

Matoga ishlov berish va dozalash texnologik jarayonlari davriy yoki uzluksiz usullar bilan amalga oshiriladi. Mahsulotning yuqori sifati va talab qilinadigan mehnat unumdorligiga faqat optimal texnologik parametrlar majmui va qat’iy texnologik intizomga rioya qilingan taqdirdagina erishish mumkin.

Author Biography

  • Ibragimov Begovot Sheraliyevich, Ibragimov Begovot Sheraliyevich

    Qarshi davlat texnika universiteti, 180100, Mustaqillik ko‘chasi - 225, Qarshi, O‘zbekiston.

References

Downloads

Published

2026-06-14