IKKI ETALON MODELLI ADAPTIV AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMINI SINTEZLASH

Authors

  • Ibragimov Begovot Sheraliyevich Ibragimov Begovot Sheraliyevich Author

Keywords:

moslashtiriluvchi model, etalon model, parametrik identifikatsiya, o'z-o'zini sozlash, dual xususiyat, adaptiv boshqarish.

Abstract

Ushbu maqolada texnologik jarayonlarning nostatsionar va nochiziqli xususiyatlarini hisobga olgan holda ikki etalon modelli adaptiv avtomatik boshqarish tizimini (IEMAABT) sintezlash masalasi ko'rib chiqilgan.Bunda moslashtiriluvchi model (MM) yordamida adaptiv boshqarish tizimini (ABT) parametrik identifikatsiyalash va o'z-o'zini sozlash masalasi ko'rib chiqilgan. Taklif etilgan yondashuv ikki bosqichda amalga oshiriladi: avval MM sozlanayotgan ABTga moslashtiriladi, so'ngra etalon model (EM) parametrik to'plami asosida ABT ish sifatiga qo'yilgan talablar hisobga olinib MM sozlanadi. Sozlash sxemasining dual xususiyati va algebraik tahlil usullari birgalikda o'z-o'zini sozlash algoritmi yordamida identifikatsiya masalasini samarali hal etish imkonini beradi. Ruxsat etilgan sozlashlar sohasini aniqlashda nochiziqli dasturlash usullari qo'llaniladi. Moslashtiriluvchi modelning matematik tavsifi sozlanuvchi parametrlar bo'yicha kasr-ratsional ifodalar majmui ko'rinishida shakllantiriladi.

Author Biography

  • Ibragimov Begovot Sheraliyevich, Ibragimov Begovot Sheraliyevich

    Qarshi davlat texnika universiteti, 180100, Mustaqillik ko‘chasi - 225, Qarshi, O‘zbekiston.

References

Downloads

Published

2026-06-14