DUNYOVIYLIK- BAG‘RIKENGLIK VA MA’NAVIY XAVFSIZLIK ASOSI
Keywords:
Dunyoviylik, bag‘rikenglik, tolerantlik, ma’naviy xavfsizlik, vijdon erkinligi, konfessiyalararo totuvlik, millatlararo hamjihatlik, demokratik davlat.Abstract
Mazkur maqolada dunyoviylik tamoyilining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, uning bag‘rikenglik muhitini shakllantirish hamda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Dunyoviylik davlat va din munosabatlarini muvozanatlashtiruvchi, turli e’tiqod va qarash vakillarining tinch-totuv yashashini ta’minlovchi asosiy ijtimoiy-huquqiy tamoyil sifatida yoritiladi. Shuningdek, bag‘rikenglikning fuqarolik hamjihatligi, millatlararo totuvlik va konfessiyalararo muloqotni mustahkamlashdagi roli ochib beriladi. Maqolada ma’naviy xavfsizlik tushunchasi, uning zamonaviy tahdidlar — diniy ekstremizm, radikalizm, axborot xurujlari hamda g‘oyaviy bosimlarga qarshi immunitetni shakllantirishdagi ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Muallif dunyoviylik, bag‘rikenglik va ma’naviy xavfsizlik o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ular barqaror jamiyat va demokratik huquqiy davlat barpo etishning muhim sharti ekanini asoslaydi.