DASTURCHINING YANGI YORDAMCHISI BO'LMISH AI DAN TO'G'RI FOYDALANISH
Keywords:
sun’iy intellekt, dasturlash ta’limi, prompt muhandisligi, Katta Til Modellari (LLM), Claude, ChatGPT, Tkinter, proaktiv AI, kod xavfsizligi.aAbstract
Ushbu maqolada zamonaviy sun’iy intellekt vositalarining dasturlash ta’limi va amaliyotiga ta’siri hamda ulardan foydalanish samaradorligi tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida to‘rtta ommabop katta til modeli interfeys dizayni va kod xavfsizligi bo‘yicha eksperimental tahlildan o‘tkazildi. Eksperiment natijalari shuni ko‘rsatadiki, model yakuniy natijasining sifati bevosita qo‘llanilgan prompt muhandisligi texnikasiga bog‘liq bo‘lib, tizimli yondashuv kod tarkibidagi xatoliklarni 80% gacha kamaytiradi. Shuningdek, maqolada proaktiv sun’iy intellekt yordamchilarining ta’limdagi roli va modellarning o‘ziga xos arxitekturaviy ustunliklari qiyosiy tahlil qilingan. Xulosa sifatida, ta’lim tizimida AI vositalarini taqiqlash emas, balki talabalarda tanqidiy fikrlash va to‘g‘ri prompt yozish madaniyatini shakllantirish strategiyasi ilgari surilgan.