FIZIKA TA’LIMIDA ELEKTROMAGNIT HODISALARNI STEAM YONDASHUVI ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI

Authors

  • Turaqulova Shaxlo Uchqun qizi Turaqulova Shaxlo Uchqun qizi Author
  • Abdisalomova Sanobar Nurali qizi Abdisalomova Sanobar Nurali qizi Author

Keywords:

STEAM ta’limi, elektromagnit hodisalar, fizika ta’limi, innovatsion metodlar, elektromagnit induksiya, modellashtirish, virtual laboratoriya, interaktiv ta’lim, kreativ fikrlash, raqamli texnologiyalar.

Abstract

Ushbu maqolada fizika ta’limida elektromagnit hodisalarni STEAM yondashuvi asosida o‘qitish metodikasining ilmiy-pedagogik asoslari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida integrallashgan yondashuvlardan foydalanish o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan bog‘lashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, elektromagnit hodisalar kabi murakkab fizik jarayonlarni o‘qitishda STEAM texnologiyasi o‘quvchilarning kreativ fikrlashi, muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalari hamda ilmiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada Science, Technology, Engineering, Art va Mathematics yo‘nalishlarining o‘zaro integratsiyasi asosida elektromagnit induksiya, magnit maydon va elektromagnit to‘lqinlarni tushuntirishning samarali metodlari tahlil qilingan. Shuningdek, interaktiv tajribalar, virtual laboratoriyalar, loyiha asosida o‘qitish va modellashtirish usullarining didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari STEAM yondashuvi asosida tashkil etilgan fizika darslari o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, mustaqil fikrlash va amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, elektromagnit hodisalarni zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitish ta’lim samaradorligini oshirib, o‘quvchilarning innovatsion faoliyatga tayyorligini shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.

Author Biographies

  • Turaqulova Shaxlo Uchqun qizi, Turaqulova Shaxlo Uchqun qizi

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

  • Abdisalomova Sanobar Nurali qizi, Abdisalomova Sanobar Nurali qizi

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Aniq fanlar oliy pedagogika maktabi

    Aniq va tabiiy fanlar o’qitish metodikasi (Fizika va astronomiya) yo’nalishi 1-kurs magistri

References

Downloads

Published

2026-06-16