URUG‘ EKISH MUDDATLARI VA EKISH SXEMALARINI MOSHNING DON HOSILDORLIGIGA TA’SIRI
Keywords:
mosh, «Baraka» navi, ekish muddati, ekish sxemasi, don hosildorligi, takroriy ekin, agrotexnika.Abstract
Maqolada 2022–2024-yillarda moshning «Baraka» navida urug‘ ekish muddatlari va ekish sxemalarining don hosildorligiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Tajribalarda uchta ekish muddati (10–15 iyun, 20–25 iyun va 1–5 iyul) hamda oltita ekish sxemasi qiyosiy o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, don hosildorligi ekish muddati va oziqlanish maydoniga sezilarli darajada bog‘liq ekanligi aniqlandi. Eng yuqori hosildorlik (24,3 s/ga) 10–15 iyun muddatida 76×5-1 sxemada qayd etildi. Ekish muddatining kechikishi hosildorlikning pasayishiga olib keldi. Olingan natijalar takroriy ekin sifatida mosh yetishtirishda maqbul ekish muddati va ekish sxemasini tavsiya etish imkonini beradi.
References
Downloads
Published
2026-07-15
Issue
Section
Articles