XIZMAT KO’RSATISH SOHASINING SEKTORLAR KESIMIDA STATISTIK TAHLILI VA UNUMDORLIGINI BAHOLASH

Authors

  • Xamidov Javoxir Shavkat o‘g‘li Xamidov Javoxir Shavkat o‘g‘li Author

Keywords:

xizmat ko‘rsatish sohasi, sektorlar tarkibi, mehnat unumdorligi, Herfindal–Hirshman indeksi, konsentratsiya, diversifikatsiya, real o‘sish, bandlik, Qashqadaryo viloyati.

Abstract

Ushbu tezisda Qashqadaryo viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasining 2017–2025-yillardagi tarkibiy o‘zgarishlari, xizmat turlarining umumiy hajmdagi ulushi, real iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasi hamda mehnat unumdorligi statistik jihatdan baholangan. Xizmatlar tarkibining konsentratsiyalashuv darajasini aniqlashda Herfindal–Hirshman indeksi va ekvivalent xizmat turlari sonidan foydalanilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, xizmatlar bozori amalda to‘rt-besh asosiy segment atrofida shakllangan bo‘lib, 2017–2024-yillarda tarkibiy diversifikatsiyada sezilarli o‘zgarish kuzatilmagan. Shu bilan birga, moliya, axborot va aloqa, ta’lim hamda sog‘liqni saqlash xizmatlarining umumiy real o‘sishga qo‘shgan hissasi ularning xizmatlar hajmidagi ulushiga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan. Xizmatlar sohasida mehnat unumdorligi real ifodada sezilarli o‘sgan bo‘lsa-da, uning darajasi respublika o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan pastligicha qolmoqda. Olingan natijalar xizmatlar sohasini rivojlantirishda faqat hajmiy o‘sishga emas, balki tarkibiy diversifikatsiya va resurslardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan siyosat zarurligini ko‘rsatadi.

Author Biography

  • Xamidov Javoxir Shavkat o‘g‘li, Xamidov Javoxir Shavkat o‘g‘li

    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi

References

Downloads

Published

2026-08-12