O‘ZBEKISTONNING JANUBIY HUDUDLARIDA MEVA DARAXTLARIGA ZARAR YETKAZUVCHI (LEPIDOPTERA YPONOMEUTIDAE) OILASI VAKILLARINING FAUNASI, BIOLOGIYASI VA ZARARLILIK DARAJASI
Keywords:
Yponomeutidae, lepidoptera, yponomeuta malinellus, olma kuyasi, lichinka, ageniaspis fuscicollis, fauna, biologiya, entomofag, zararlilik.Abstract
Ilmiy ishda O‘zbekistonning janubiy hududlarida, xususan Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarida meva daraxtlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan Yponomeutidae (Lepidoptera) oilasi vakillarining taksonomik xususiyatlari, oziqlanish biologiyasi, rivojlanish sikli, zararlantirish xarakteri va ularni nazorat qilishning integratsiyalashgan yondashuvlari tahlil qilingan. Asosiy e’tibor yponomeuta malinellus zeller – olma kuyasiga qaratilgan. Ushbu turning barglarni jamoaviy ravishda zararlashi, lichinkalarning ipaksimon to‘rlar ichida rivojlanishi va ayrim entomofaglar, jumladan ageniaspis fuscicollis, tabiiy regulyatsiyada muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Janubiy O‘zbekiston sharoitida mazkur guruhning aniq faunistik tarkibi, mavsumiy dinamikasi va iqtisodiy zararlilik chegaralarini mahalliy dala kuzatuvlari natijalari keltirilgan.