OILAVIY TADBIRKORLIKNI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA QILISH - MINTAQAVIY IQTISODIY RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA
Keywords:
oilaviy tadbirkorlik, raqamli transformatsiya, raqamli iqtisodiyot, elektron savdo, raqamli to‘lovlar, onlayn marketing, raqamli texnologiyalar, mintaqaviy rivojlanish.Abstract
Ushbu tezisda oilaviy tadbirkorlik faoliyatini raqamli transformatsiya qilishning mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni yoritilgan. Oilaviy biznes subyektlarida elektron savdo, raqamli to‘lovlar, onlayn marketing, raqamli hisob-kitob va mijozlar bilan elektron aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalarning oilaviy tadbirkorlik faoliyatini zamonaviy bozor talablariga moslashtirish, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish va yangi bozor segmentlariga chiqishdagi ahamiyati asoslangan. Qashqadaryo viloyati sharoitida oilaviy tadbirkorlikni raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlanib, raqamli vositalardan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.