BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI TA’LIMIDA ELEKTRON O‘QUV-METODIK MAJMUALARNI YARATISHNING METODIK ASOSLARI
Keywords:
boshlang‘ich ta’lim, ona tili ta’limi, elektron o‘quv-metodik majmua, raqamli pedagogika, metodik asos, nutqiy kompetensiya, interaktiv ta’lim.Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida elektron o‘quv-metodik majmualarni yaratishning metodik asoslari chuqur ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ona tili ta’limi mazmunini takomillashtirish, o‘quv jarayonini interaktiv va samarali tashkil etish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Mazkur tadqiqotda elektron o‘quv-metodik majmualarning didaktik, metodik, psixologik va texnologik imkoniyatlari, ularning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Shuningdek, elektron o‘quv-metodik majmualarning tarkibi, tuzilishi, yaratish bosqichlari hamda amaliyotga joriy etish mexanizmlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim tizimida ona tili fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.