OLIY TA’LIMDA MOSLASHUVCHAN TA’LIM SHAKLLARI SHAROITIDA (DUAL, MASOFAVIY VA GIBRID) KOMPETENSIYAGA ASOSLANGAN O‘QITISH METODIKASINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA QILISH TAMOYILLARI

Authors

  • Xojimurodova Muxlisa Fayzulla qizi Xojimurodova Muxlisa Fayzulla qizi Author

Keywords:

raqamli transformatsiya, kompetensiyaga asoslangan ta’lim, moslashuvchan o‘qitish, dual ta’lim, masofaviy ta’lim, gibrid ta’lim, oliy ta’lim, metodika, raqamli pedagogika, o‘qitish tamoyillari.

Abstract

Bugungi kunda dunyo miqyosidagi zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti va raqamli bosqichga dadil o‘tish, oliy ta’lim sohasida tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqarmoqda. Ta’lim tizimining markaziga zamonaviy kompetensiyalar – bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda amalda qo‘llay olish imkoniyatini olib chiqish bugungi davrning eng dolzarb masalalaridandir. Aynan shu nuqtayi nazardan “kompetensiyaga asoslangan o‘qitish” metodikasi asos bo‘lib, uni rivojlantirish va raqamli transformatsiyalardan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy ta’limda dual, masofaviy va gibrid shakllar tobora ommalashib bormoqda. Bunday moslashuvchan o‘qitish formatida an’anaviy dars va amaliyotlar, zamonaviy raqamli vositalar bilan boyitilib, talabalarga mustaqil yoki guruhda ishlash, masofadan ham o‘qish, individual ta’lim traektoriyasi orqali rivojlanish imkoniyatini yaratadi. Kompetensiyaga asoslangan yondashuv esa, har bir talabaning o‘ziga xos xususiyatlari, ehtiyojlari va bilim darajasiga tayangan holda, uni amaliy hayotga tayyorlaydi. Bu jarayonda texnologiyalar yordamida oʻqitish jarayonini personalizatsiyalash, zamonaviy bozor va jamiyat ehtiyojlariga moslashtirish, shuningdek, inson salohiyatini to‘liq ochib berish ko‘zda tutiladi.

Author Biography

  • Xojimurodova Muxlisa Fayzulla qizi, Xojimurodova Muxlisa Fayzulla qizi

    Yangi Asr Universiteti o’qituvchisi Chirchiq davlat pedagogika universiteti mustqali izlanuvchisi

References

Downloads

Published

2026-04-07