MAXSUS YO’L BILAN YECHILADIGAN MASALALAR
Abstract
Bu mavzuga tegishli masalalarni yechish uchun kerak bo’ladigan nazariy ma’lumotlar matnli masalalarni yechishda deyarli tushuntirib o’tiladi. Faqat ayrim masalalarni yechish uchun juda foydali qo’shimcha ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Ko’pgina tenglamalarda tenglikni ikki qismida 2 xil nomdagi funksiya qatnashadi. Masalan, trigonometrik funksiya va kvadrat funksiya yoki shunga o’xshash holatlar bo’ladi. Bunday tenglamalar transendent tenglamalar deyiladi va ko’pincha bunday tenglamalar berilganda tenglama nechta ildizga ega ekanligi so’raladi va bu savolga javob berish uchun ko’pincha grafik usuldan foydalaniladi. Ya’ni berilgan funksiyalarning grafiklarini bitta chizmada tasvirlab grafiklar necha marta kesishsa ildiz o’shancha bo’lishi aniqlanadi.