GIG IQTISОDIYОT SHАRОITIDА XОDIM HUQUQLARINI SUD ORQALI HIMOYA QILISHNI HUQUQIY TАRTIBGА SОLISH MАSАLАLАRI
Keywords:
gig iqtisodiyot, platforma mehnati, sud himoyasi, mehnat nizosi, algoritmik boshqaruv, deaktivatsiya, mehnat shartnomasi, ma’naviy zarar, protsessual bo‘shliq.Abstract
Maqolada gig iqtisodiyot sharoitida xodim huquqlarini sud orqali himoya qilishni tartibga solish masalalari tahlil qilinadi. Mehnat sohasiga raqamli platformalar joriy etilishi natijasida mehnat faoliyati xususiyatlari o‘zgarayotganligi, an’anaviy mehnat munosabatlariga yangi yondashuvlar talab etilayotganligi, ayniqsa, platforma ishchilarining huquqiy maqomini aniqlash, ularni xodim yoki mustaqil ijrochi sifatida baholash, mehnat nizolarida sudlovga taalluqlilik, isbotlash majburiyati hamda mehnat huquqlarining buzilishi holatlarida samarali himoya vositalarini qo‘llash dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada gig iqtisodiyoti subyektlarining mehnat huquqiy holati, sud amaliyotida uchraydigan asosiy muammolar, xorijiy tajriba va xalqaro mehnat standartlari asosida huquqiy tartibga solishning ustuvor yo‘nalishlari yoritiladi. Shuningdek, platforma ishchilarining mehnatga oid huquqlarini tiklash, noqonuniy cheklovlar va bir tomonlama raqamli boshqaruv qarorlaridan sud orqali himoyalanish mexanizmlarini takomillashtirish zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida milliy qonunchilikni gig iqtisodiyot talablariga moslashtirish, sud himoyasi kafolatlarini kuchaytirish va platforma mehnatini huquqiy jihatdan aniqlashtirish yuzasidan takliflar ilgari suriladi.