DON MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Keywords:
tannarx, foyda, rentabellik, xarajatlar, logistika, energiya tejamkorlik, raqamli texnologiyalar, korrelyatsiya, regressiya.Abstract
Mazkur tadqiqotda don mahsulotlari ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlikni oshirish masalalari kompleks tarzda o‘rganilgan. Ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar tarkibi, resurslardan foydalanish darajasi hamda foyda va rentabellik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Korrelyatsion-regression tahlil asosida ishlab chiqarish hajmi va foyda o‘rtasida kuchli ijobiy bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari energiya va transport xarajatlari tannarxning asosiy qismini tashkil etishini ko‘rsatdi. Shuningdek, saqlash va qayta ishlash jarayonlaridagi yo‘qotishlar iqtisodiy samaradorlikka salbiy ta’sir etuvchi omil sifatida baholandi. Ishlab chiqarishda zamonaviy va raqamli texnologiyalarni joriy etish, logistika tizimini optimallashtirish hamda resurslardan oqilona foydalanish samaradorlikni oshirishning muhim yo‘nalishlari sifatida asoslab berildi.