AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI BOGʻLARI TARIXI TARIXSHUNOSLIGI
Abstract
Amir Temur va Temuriylar davri Markaziy Osiyo tarixida nafaqat siyosiy va harbiy yutuqlar, balki ulkan bunyodkorlik ishlari, xususan bogʻdorchilik va landshaft meʼmorchiligi rivoji bilan ham alohida ajralib turadi. Bu davrda barpo etilgan bogʻlar faqat estetik va dam olish maskani sifatida emas, balki davlat qudrati, siyosiy ramziyat va madaniy tafakkurning ifodasi sifatida shakllangan. Shu bois Temuriylar davri bogʻlari tarixini oʻrganish tarixshunoslikda muhim ilmiy yoʻnalishlardan biriga aylangan. Mazkur mavzuga oid tadqiqotlar hajmi nihoyatda keng. Jumladan, Amir Temur va Temuriylar davri bogʻlariga oid adabiyotlar soni dastlab yuzlab boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib minglab ilmiy ishlarni tashkil etadi[1]. Bu esa mavzuning nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham dolzarb ekanligini koʻrsatadi.