SUV RESURSLARINI RAQAMLI BOSHQARISHDA “WATER SPACE MONITORING” AXBOROT TIZIMINI ISHLAB CHIQISH VA INTEGRATSIYA QILISH
Keywords:
suv monitoringi, geoinformatsion tizim, dashboard, data visualization, suv ombori, web-portal, vidjet, suv balansi.Abstract
Mazkur maqolada suv omborlari bo‘yicha detallashtirilgan ma’lumotlarni monitoring qilish va vizual tahlil etishga mo‘ljallangan “Water Space Monitoring” axborot tizimining ishlab chiqilishi va portalga integratsiyasi yoritilgan. Tizim doirasida suv omborlari kesimida diagramma va kartochka (widget-card) komponentlari yaratildi hamda asosiy portal infratuzilmasiga to‘liq integratsiya qilindi. Ma’lumotlarni vizual ifodalash uchun universal “Line Chart”, “Pie Chart” va “Bar Chart” vidjetlari ishlab chiqildi. Portal xavfsizligi va foydalanuvchi sessiyalarini boshqarish maqsadida logout moduli integratsiya qilinib, uning barqaror ishlashi ta’minlandi. Dashboard interfeysi to‘liq redizayn qilinib, foydalanuvchi tajribasi (UX/UI) optimallashtirildi. Taklif etilgan yechim suv resurslari monitoringi va qaror qabul qilish jarayonlarini tezkor va vizual jihatdan qulay shaklga keltiradi.